Toshkent Yuridik kolleji "Huquqni muhofaza qilish foaliyati 03-23 guruh hayoti
  Toshkent Yuridik kolleji haqqida
 

Toshkent Yuridik kolleji haqqida 

  Toshkent yuridik kolleji 1977 yil 1 iyulda O‘zbekiston hukumatining 560-r-sonli farmoyishi asosida yuridik texnikum maqomida tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 24 fevraldagi 77-sonli “Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish va ularning faoliyatini boshqarish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 2000 yil 2 avgustda chiqarilgan 157-sonli buyruqqa asosan kasb-hunar kolleji maqomi berilgan hamda shu yilda rekonstruktsiya qilingan. Rekonstruktsiyadan keyin Janubiy Koreya krediti va mahalliy budjet hisobidan qayta jihozlangan. Toshkent yuridik kolleji Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 27 avgustdagi 370-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimiga kiritilgan. 

Kollejda quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi:
1. Xo‘jalik huquqiy faoliyati yo‘nalishi bo‘yicha:  
xo‘jalik masalalari bo‘yicha huquqshunos;
xodimlar bo‘yicha inspektor;
ish yurituvchi.
2. Ma’muriy huquqiy faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha:
Adliya organlarida ish yurituvchi;
fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish inspektori;
xodimlar bo‘yicha inspektor;
ish yurituvchi. 
3. Huquqni himoya qilish faoliyati yo‘nalishi bo‘yicha:
advokat yordamchisi;
notarius referenti;
huquqbuzarlikning oldini olish inspektori;
voyaga yetmaganlar ishi bo‘yicha inspektor.
4. Sudlarda ijro ishi yo‘nalishi bo‘yicha:
sud ijrochisi;
sud majlisi kotibi;
devonxona xodimi.

Kollejga 9-sinf hajmidagi bitiruvchilar budjet asosida, 11-sinf bitiruvchilari to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi. Hozirgi kunda 9-sinf hajmida 2615 ta o‘quvchi, 11-sinf hajmida kunduzgi bo‘limda 120 ta o‘quvchi, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda 426 ta o‘quvchilar tahsil olmoqdalar.

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi o‘quvchi yoshlarni Milliy istiqlol ruhida tarbiyalashda qator ma’naviy tadbirlarni samarali o‘tkazib kelmoqda va shu bilan bir qatorda Prezident asarlari, nutq, ma’ruzalarini o‘rganish borasida targ‘ibot ishlarini ham olib bormoqda.
Bugungi kunda ta’lim muassasasida o‘qitishning eng faol usullarini qo‘llash, pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. O‘quvchilarga dars berish uchun barcha qulayliklar yaratilgan, hamda alohida jihozlangan o‘quv xonalari va laboratoriya xonalari mavjud.

 

Jami o‘quv reja bo‘yicha zarur bo‘lgan labaratoriyalar nomi 
Janubiy Koreya krediti 
Mahalliy budjet 
Jami

Fizika 


2

Ximiya 


2

Biologiya 


2

Kompyuter xonalari 


4

Lingofon xonalari 


7

  Har tomonlama yetuk, teran fikrli, atroflicha mulohaza yurita oladigan, ertangi kunning munosib vorislari bo‘lib voyaga yetadigan kadrlarni tayyorlashda Axborot resurslari markazining alohida o‘rni bor. Kollejning zamonaviy talablarga javob beradigan Axborot resurslari markazi fondini 48319 ta adabiyot va 24 nomda elektron darsliklar jamlanmasi tashkil qiladi. Axborot resurslari markazida 120 o‘rinli qiroatxona mavjud. 2006 yili Toshkent Davlat yuridik instituti va kollej professor, o‘qituvchilari hamkorligida 15 nomda kasb-hunar kollejlari uchun huquqiy fanlardan darsliklar yaratildi.
Axborot resurslari markazi fondini qo‘yidagi kitoblar va elektron darsliklar tashkil qiladi:

№  
Adabiyotlar  
Necha nomda 
Jami soni



1. 
Darsliklar 
330 
16600

2. 
O‘quv-uslubiy qo‘llanmalar 
250 
15600

3. 
Siyosiy adabiyotlar 
85 
2712

4. 
Badiiy adabiyotlar 
170 
8930

5. 
Ilmiy-ommabop adabiyotlar 
85 
2400

6. 
Ma’ruza matnlari 
40 
40

7. 
Elektron qo‘llanmalar 
23 
37

  
Jami: 
983 
46319...

O‘quvchilar kollejda olgan nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlaydilar. 
2-bosqich o‘quvchilari o‘quv tanishuv amaliyotiga, 3-bosqich o‘quvchilari esa diplom oldi amaliyotiga qo‘yidagi idoralarga yuboriladi: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, boshqarma va bo‘limlariga, sud departamenti hududiy boshqarmalari va tuman(shahar) sud ijrochilari bo‘limlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi va uning quyi organlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi va viloyat, shahar xo‘jalik sudlariga, O‘zbekiston Respublikasi harbiy sudiga, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxiviga, mahalliy hokimiyat organlariga, shahar, tuman Ichki Ishlar Boshqarmalariga.
 
Ibragimov Rustam

 







 
  Statistika 6 посетителей www.03-23.tr.gg  
 
Bu web sitesi ücretsiz olarak Bedava-Sitem.com ile oluşturulmuştur. Siz de kendi web sitenizi kurmak ister misiniz?
Ücretsiz kaydol