Toshkent Yuridik kolleji "Huquqni muhofaza qilish foaliyati 03-23 guruh hayoti
  Toshkent Yuridik Kolleji tarixidan
 

 Toshkent yuridik kolleji O‘zbekiston Respublikasida davlat, jamoat va xususiy korxonalar, tashkilotlar, muassasalar uchun o‘rta maxsus ma’lumotli huquqshunoslar, arxivaruslar, hujjat ishlarini yurituvchilar tayyorlaydigan Adliya vazirligi tizimidagi asosiy o‘quv yurtidir. U tashkil topganidan so‘ng katta va sharafli tarixiy yo‘lni bosib o‘tdi. 

Toshkent yuridik texnikumi (1998 yildan boshlab Toshkent yuridik kolleji) Toshkentda 1977 yil 8 sentabrda sobiq ittifoqda birinchi bo‘lib, xalq xo‘jaligini o‘rta maxsus yuridik ma’lumotli mutaxassislar bilan ta’minlash maqsadida ochilgan o‘rta maxsus bilim beruvchi o‘quv yurtidir.
Yuridik texnikumning tarixi, tashkil etilishi va uning rivojlanishi o‘sha paytda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri bo‘lib ishlagan, yuridik fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yurist Mamlakat Sobirovna Vosiqova, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta ta’lim vaziri G‘.Abduraxmonov, Toshkent yuridik texnikumining birinchi direktori Umar Abdusalomovich Abdusalomovlarning nomlari bilan bog‘liq.
Toshkent yuridik texnikumi o‘qituvchilar jamoasi ham asosan yosh mutaxassislardan shakllangan edi. Texnikum oyoqqa turib olguncha talabalarga Toshkent Davlat universitetining yuridik fakulteti, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining atoqli olimlari, Respublikamiz sud, prokuratura, ichki ishlar organlarining tajribali mutaxassislari saboq berdilar, ular ushbu an’anani hozirgi kunda ham davom ettirmoqdalar.
Toshkent yuridik texnikumi dastlab Toshkent shahar sudining eski binosida - "Zapadnaya, 4-uy" da joylashgan edi. 1979 yilda Shota Rustaveli hozirgi Usmon Nosir ko‘chasidagi 25 uydagi binoga ko‘chirildi.
1986 yilda esa texnikum direktori Halima Qodirovna Muhitdinovaning sa’y-harakatlari bilan o‘zining alohida o‘quv binosiga va yotoqxonasiga ega bo‘ldi.
Toshkent yuridik texnikumini birinchi bo‘lib, 1979 yilda 149 talaba bitirib chiqdi. Texnikumning birinchi talabalari ichida Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston, Tojikiston respublikalaridan kelib tahsil olgan talabalar ham bor edi.
Har yili bitiruvchilarning 10 foizi texnikum pedagogik kengashi qarori bilan yuridik oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga yuborilgan. Ularning ko‘pchiligi oliy o‘quv yurtlarini bitirib, hozirgi kunda respublikamizning huquq tartibot organlarida, xalq xo‘jaligida malakali yurist bo‘lib ishlamoqdalar. Xususan, bitiruvchilardan S.I.Samadov, O.M.Ermatov, S.I.Miroliyev, SH.Umarova, N.Abdullayeva, SH.Yaxshiyev, SH.Abdalniyazov, A.D.Axmedov, N.Rasulov, O.Azimov, U.T.Qobilov kabilar o‘z ilmi va fidokorona mehnati bilan respublikamiz yuristlari orasida tanilgan.


Toshkent yuridik kollejini bitirganlar soni haqida ma’lumot: 


Mazkur bilim maskanida 1979 yilda 149, 1980 yilda 156, 1981 yilda 197, 1982 yilda 160, 1983 yilda 133, 1984 yilda 163, 1985 yilda 190, 1986 yilda 181, 1987 yilda 164, 1988 yilda 221, 1989 yilda 278, 1990 yilda 279, 1991 yilda 290, 1992 yilda 242, 1993 yilda 232, 1994 yilda 185, 1995 yilda 186, 1996 yilda 171, 1997 yilda 143, 1998 yilda 295, 1999 yilda 409, 2000 yilda 469, 2001 yilda 588, 2002 yilda 1030, 2003 yilda 982, 2004 yilda 816, 2005 yilda 962, 2006 yilda 1237 nafar talaba tahsil olgan.


 
  Statistika 6 посетителей www.03-23.tr.gg  
 
Bu web sitesi ücretsiz olarak Bedava-Sitem.com ile oluşturulmuştur. Siz de kendi web sitenizi kurmak ister misiniz?
Ücretsiz kaydol